# Jinoyat-protsessual kodeksi — 297-modda. Jinoyatning sabablarini va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf qilish toʻgʻrisida surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning taqdimnomasi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JPK/297 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror jinoyat ishini tergov qilish chogʻida jinoyatning sabablarini va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni aniqlab chiqib, tegishli davlat organiga, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organiga, jamoat birlashmasiga, jamoaga yoki mansabdor shaxsga ana shu sabab va shart-sharoitlarni bartaraf qilish choralarini koʻrish toʻgʻrisida taqdimnoma kiritadi. Taqdimnomaning nusxasi ishga qoʻshib qoʻyiladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JPK)