# Jinoyat-protsessual kodeksi — 298-modda. Jinoyatning sabablarini va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf qilish toʻgʻrisida sudning xususiy ajrimi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JPK/298 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Jinoyat ishini koʻrish jarayonida jinoyatning sabablari va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar aniqlanganidan keyin sud xususiy ajrim chiqarib, unda tegishli davlat organlaridan, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlaridan, jamoat birlashmalaridan, jamoalardan yoki mansabdor shaxslardan ana shu sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish choralarini koʻrishni talab qiladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JPK)