# Jinoyat-protsessual kodeksi — 299-modda. Taqdimnomani va xususiy ajrimlarni bajarish majburiyati > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JPK/299 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Jinoyatning sabablarini va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf qilish toʻgʻrisidagi taqdimnoma yoki xususiy ajrim yuborilgan davlat organi, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi, jamoat birlashmasi, jamoa yoki mansabdor shaxs zarur choralarni koʻrishi va koʻrilgan choralarning natijalari toʻgʻrisida kechi bilan bir oylik muddat ichida tegishincha surishtiruvchini, tergovchini, prokurorni yoki sudni xabardor qilishi shart. Taqdimnoma yoki xususiy ajrim bajarilmagan yoki vijdonan bajarilmagan taqdirda korxona, muassasa yoki tashkilotning aybdor rahbari qonunda nazarda tutilgan javobgarlikka tortiladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JPK)