# Jinoyat-protsessual kodeksi — 3-modda. Jinoyat-protsessual qonunchiligining vaqt va hudud boʻyicha amal qilishi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JPK/3 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Jinoyat ishlarini yuritish, jinoyat sodir etilgan joydan qatʼi nazar, basharti Oʻzbekiston Respublikasining boshqa davlatlar bilan tuzilgan shartnoma va bitimlarida oʻzgacha qoidalar belgilanmagan boʻlsa, ish yuzasidan surishtiruv, dastlabki tergov va sud muhokamasi yuritilayotgan paytda amalda boʻlgan qonunchilikka muvofiq olib boriladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JPK)