# Jinoyat-protsessual kodeksi — 307-modda. Mulkiy ziyonni qoplash tartibi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JPK/307 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Mulkiy ziyonning miqdori hisoblab chiqarilganidan keyin bu ziyonni qoplash uchun pul toʻlovlarini amalga oshirish toʻgʻrisida sud ajrim, surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror qaror chiqaradi. Ajrim yoki qarorning nusxasi gerbli muhr bilan tasdiqlanib, toʻlovni amalga oshirishi lozim boʻlgan organlarga taqdim etish uchun reabilitatsiya etilgan shaxsga, u vafot etgan boʻlsa, ushbu Kodeksning 304-moddasi uchinchi qismida koʻrsatilgan shaxslarga beriladi yoki yuboriladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JPK)