# Jinoyat-protsessual kodeksi — 308-modda. Toʻlovni amalga oshirish toʻgʻrisidagi qaror yoki ajrim ustidan shikoyat qilish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JPK/308 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning pul toʻlovini amalga oshirish toʻgʻrisidagi qarori ustidan manfaatdor shaxslar ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda va muddatda sudga shikoyat qilishlari mumkin. Sudning toʻlovni amalga oshirish toʻgʻrisidagi ajrimi ustidan manfaatdor shaxslar yuqori sudga umumiy tartibda shikoyat qilishlari, prokuror esa protest kiritishi mumkin. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JPK)