# Jinoyat-protsessual kodeksi — 319-modda. Oʻrtacha ish haqining saqlanishi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JPK/319 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Guvoh tariqasida, shuningdek jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari, ekspert, mutaxassis, tarjimon, xolis, jamoat ayblovchisi va jamoat himoyachisi tariqasida chaqiriladigan shaxsning surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga yoki sudga chaqirilganligi bilan bogʻliq butkul vaqt uchun ularning ish joyida oʻrtacha ish haqi saqlab qolinadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JPK)