# Jinoyat-protsessual kodeksi — 32-modda. Sud majlisi kotibi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JPK/32 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Sud majlisida sud majlisi kotibi vazifalarini sudyaning yordamchisi (katta yordamchisi) bajaradi. Sud majlisi kotibi jinoyat ishini sud majlisida koʻrish uchun tayyorlaydi; sud muhokamasining vaqti va joyi toʻgʻrisida protsess ishtirokchilarini xabardor qiladi; sudga chaqirilgan protsess ishtirokchilarining kelgan-kelmaganligini tekshiradi, hozir boʻlmagan shaxslarning kelmaganligi sababini aniqlab, bu haqda sudga maʼlum qiladi; sud majlislari bayonnomasini yuritadi; raislik qiluvchining sud muhokamasini tayyorlash va oʻtkazish bilan bogʻliq boshqa topshiriqlarini bajaradi. Sud majlisi kotibi bayonnomada sudning harakatlari va qarorlarini, shuningdek sud majlisi barcha ishtirokchilarining harakatlari, arizalari, iltimosnomalari, koʻrsatuvlarini toʻliq va toʻgʻri bayon qilib borishi shart. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JPK)