JPK · 320-2-modda

320-2-modda. Tergovga qadar tekshiruv

Tergovga qadar tekshiruv jinoyatga oid arizalar, xabarlar va boshqa maʼlumotlarni tekshirish, ularni koʻrib chiqish natijasi yuzasidan qaror qabul qilishga doir tadbirlarni, shuningdek ish uchun ahamiyatli boʻlishi mumkin boʻlgan jinoyat izlarini, narsalarni, hujjatlarni va elektron maʼlumotlarni mustahkamlash va saqlashga doir choralarni oʻz ichiga oladi.

Tergovga qadar tekshiruv mazkur Kodeksning 39-1-moddasida koʻrsatilgan organlar tomonidan ushbu Kodeksning 41-bobida belgilangan qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi.

Tergovga qadar tekshiruv surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror tomonidan ham olib borilishi mumkin.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.