# Jinoyat-protsessual kodeksi — 320-3-modda. Jinoyat ishini tergov qilish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JPK/320-3 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Jinoyat ishini tergov qilish surishtiruv yoki dastlabki tergov shaklida amalga oshiriladi. Dastlabki tergov ushbu Kodeksning 345-moddasi ikkinchi — sakkizinchi qismlarida nazarda tutilgan jinoyat ishlari boʻyicha, shuningdek ushbu moddaning toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan hollarda oʻtkaziladi. Surishtiruv ushbu Kodeksning 381-2-moddasi birinchi — uchinchi qismlarida nazarda tutilgan jinoyat ishlari boʻyicha oʻtkaziladi. Tergovi surishtiruv shaklida oʻtkaziladigan jinoyat ishlari tergovning har tomonlama, xolisona va toʻla oʻtkazilishini taʼminlash maqsadida ushbu Kodeksning 381-5-moddasiga muvofiq prokurorning asoslantirilgan qaroriga koʻra dastlabki tergov olib borish uchun topshirilishi mumkin. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JPK)