# Jinoyat-protsessual kodeksi — 326-modda. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslar bergan xabarlar > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JPK/326 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslar jinoyat toʻgʻrisida bergan xabarlar xizmat xati yoki tasdiqlangan telefonogramma, telegramma yoxud radiogramma shaklida boʻlishi lozim. Xabar yuboruvchi sodir etilgan jinoyatga oid holatlarni tasdiqlovchi oʻz ixtiyoridagi hujjatlarni xabarga ilova qilib yuborishi mumkin. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JPK)