# Jinoyat-protsessual kodeksi — 328-modda. Jinoyat ishini qoʻzgʻatish vakolatiga ega boʻlgan organlar yoki mansabdor shaxs tomonidan jinoyatga oid maʼlumotlarning bevosita aniqlanishi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JPK/328 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Jinoyat sodir etilganligini koʻrsatuvchi maʼlumotlarning bevosita aniqlanishi quyidagi hollarda jinoyat ishini qoʻzgʻatishga sabab boʻlishi mumkin: 1) tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi maʼmuriy vazifani amalga oshirayotganida jinoyatga oid maʼlumotlarni aniqlaganida; 2) surishtiruvchi, tergovchi boshqa jinoyatga doir ish boʻyicha dastlabki tergov yuritish chogʻida jinoyatga oid maʼlumotlarni aniqlaganida; 3) prokuror qonunlarning bajarilishi ustidan nazorat qilish paytida yoki boshqa jinoyatga doir ish boʻyicha dastlabki tergov olib borish chogʻida jinoyatga oid maʼlumotlarni aniqlaganida; [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JPK)