JPK · 336-modda

336-modda. Jinoyat ishini ish qoʻzgʻatilganidan keyin yuborish

Jinoyat ishini qoʻzgʻatish toʻgʻrisida qaror chiqarilganidan keyin:

1) prokuror ishni ushbu Kodeksning 345 va 381-2-moddalariga muvofiq dastlabki tergov yoki surishtiruv organiga yuboradi yoxud oʻzi dastlabki tergov yoki surishtiruv yuritishga kirishadi;

2) tergovchi dastlabki tergovni yuritishga kirishadi va bu haqda darhol prokurorni xabardor qiladi yoki prokurorning roziligi bilan jinoyat ishini ushbu Kodeksning 345-moddasida belgilangan tergovning tegishliligiga koʻra boshqa dastlabki tergov organiga yoki ushbu Kodeksning 381-2-moddasida belgilangan tergovning tegishliligiga koʻra surishtiruv organiga yuboradi;

3) surishtiruvchi surishtiruv yuritishga kirishadi va bu haqda darhol prokurorni xabardor qiladi yoki prokurorning roziligi bilan jinoyat ishini ushbu Kodeksning 381-2-moddasida belgilangan tergovning tegishliligiga koʻra boshqa surishtiruv organiga yoki ushbu Kodeksning 345-moddasida belgilangan tergovning tegishliligiga koʻra dastlabki tergov organiga yuboradi;

4) tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ boshligʻi jinoyat ishini ushbu Kodeksning 345 va 381-2-moddalarida belgilangan tergovning tegishliligiga koʻra dastlabki tergov yoki surishtiruv organiga oʻtkazish uchun darhol prokurorga yuboradi. Jinoyat ishining tergovi tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirgan organning surishtiruviga yoki dastlabki tergoviga tegishli boʻlgan taqdirda, jinoyat ishi prokurorni darhol xabardor qilgan holda surishtiruvni yoki dastlabki tergovni amalga oshirish uchun qabul qilinishi mumkin.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.