JPK · 371-modda

371-modda. Toʻxtatilgan jinoyat ishi boʻyicha dastlabki tergovni qayta tiklash

Toʻxtatilgan jinoyat ishi boʻyicha dastlabki tergov:

1) tergovni toʻxtatish uchun asos tariqasida ushbu Kodeksning 364-moddasida nazarda tutilgan holatlar bartaraf etilganda;

2) ish boʻyicha ayblanuvchining ishtirokisiz bajarilishi mumkin boʻlgan qoʻshimcha tergov harakatlarini oʻtkazish zarurati tugʻilganda qayta tiklanadi.

Dastlabki tergovni toʻxtatish toʻgʻrisidagi qaror qonunga nomuvofiq boʻlsa, prokuror uni bekor qilishi va dastlabki tergovni qayta tiklash toʻgʻrisida qaror chiqarishi mumkin.

Tergovchi dastlabki tergovning qayta tiklanganligi haqida prokurorga darhol xabar qiladi.

Ish yuzasidan dastlabki tergov qayta tiklanishi bilan bir paytda dastlabki tergovning oʻtish muddati ham tiklanadi. Tergov muddatining keyinchalik uzaytirilishi dastlabki tergovni toʻxtatishdan oldin oʻtgan tergov muddatini eʼtiborga olgan holda ushbu Kodeksning 351-moddasiga binoan amalga oshiriladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.