# Jinoyat-protsessual kodeksi — 372-modda. Dastlabki tergovni tamomlash turlari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JPK/372 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Dastlabki tergov jinoyat ishini tugatish toʻgʻrisida qaror chiqarish, ayblov xulosasi tuzish, ishni tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash yoki taraflarning yarashuvi uchun sudga yuborish toʻgʻrisida qaror chiqarish yoxud amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini tugatish haqida sudga iltimosnoma kiritish toʻgʻrisida taqdimnoma tayyorlash bilan tamomlanadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JPK)