# Jinoyat-protsessual kodeksi — 38-modda. Surishtiruv > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JPK/38 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Jinoyat ishlari boʻyicha surishtiruv: 1) ichki ishlar organlarining; 2) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining va uning joylardagi boʻlinmalarining; 3) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining va uning joylardagi boʻlinmalarining; 4) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining va uning joylardagi boʻlinmalarining; 5) Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining va uning joylardagi boʻlinmalarining surishtiruvchilari tomonidan amalga oshiriladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JPK)