JPK · 381-8-modda

381-8-modda. Surishtiruvning surishtiruvchilar guruhi tomonidan amalga oshirilishi hamda tergov harakatlarining bir necha surishtiruvchilar tomonidan bajarilishi

Jinoyat ishi koʻp mehnat talab etsa, juda murakkab yoki oʻta dolzarb boʻlsa, prokuror yoki surishtiruv boʻlinmasining boshligʻi shu ish boʻyicha surishtiruv ishlarini yuritishni doimiy yoki maxsus tuzilgan surishtiruvchilar guruhiga topshirishi mumkin.

Surishtiruvchilar guruhini tuzish tartibi, guruh rahbari va aʼzolarining vakolatlari, shuningdek tergov harakatlarining bir necha surishtiruvchilar tomonidan bajarilishi tartibi ushbu Kodeksning 354 — 357-moddalarida belgilangan tergovchilar guruhini tuzish, guruh rahbarining va guruh aʼzolari boʻlgan tergovchilarning vakolatlari, shuningdek tergov harakatlarini bir necha tergovchilar tomonidan bajarish tartibi bilan bir xil belgilanadi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.