# Jinoyat-protsessual kodeksi — 387-modda. Sud majlisiga chaqirilishi lozim boʻlgan shaxslarning roʻyxatini oʻzgartirish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JPK/387 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Jinoyat ishi sudga yuborilgunga qadar prokuror yoki uning oʻrinbosari sud majlisiga chaqiriladigan shaxslarning roʻyxatini oʻz qarori bilan qisqartirish yoki toʻldirishga haqlidir. Bunda ayblanuvchilar, muomala layoqatiga ega boʻlgan jabrlanuvchilar, voyaga yetmagan ayblanuvchilarning qonuniy vakillari, shuningdek fuqaroviy daʼvogar deb eʼtirof etilgan shaxslar yoki fuqaroviy javobgar tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinganlar va ularning vakillari roʻyxatdan tushirib qoldirilishi mumkin emas. Dastlabki tergovda yoki surishtiruvda guvoh sifatida soʻroq qilinmagan va ekspert sifatida xulosa bermagan shaxslar roʻyxatga qoʻshimcha qilib kiritilishi mumkin emas. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JPK)