# Jinoyat-protsessual kodeksi — 391-modda. Jinoyat ishining hududiy jihatdan sudlovga tegishliligi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JPK/391 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Jinoyat ishi jinoyat sodir etilgan joydagi sudda koʻriladi. Jinoyat sodir etilgan joyni aniqlash imkoniyati boʻlmasa, ish dastlabki tergov yoki surishtiruv tamom boʻlgan hududdagi sud tomonidan koʻriladi. Uzoqqa choʻzilgan yoki davomli jinoyatlarga doir ishlar jinoyat qaysi hududda tamomlangan yoki toʻxtatilgan boʻlsa, shu hududdagi sudning sudloviga tegishli boʻladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JPK)