# Jinoyat-protsessual kodeksi — 397-modda. Jinoyat ishini sudda koʻrish uchun tayinlash toʻgʻrisidagi ajrim > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JPK/397 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Jinoyat ishini sudda koʻrish uchun tayinlash toʻgʻrisidagi ajrimda: 1) sud ishining raqami, ajrim chiqarilgan vaqt va joy; 2) sudyaning lavozimi va familiyasi; 3) sudlanuvchining familiyasi, ismi, otasining ismi, Jinoyat kodeksining unga nisbatan eʼlon qilingan aybga doir moddasi; 4) ishning sud majlisida koʻrilishi uchun yetarli asoslar borligi toʻgʻrisidagi xulosa; 5) sudlanuvchilarga nisbatan qoʻllanilgan ehtiyot chorasi toʻgʻrisidagi qaror; 6) sud muhokamasida davlat ayblovchisining va himoyachining ishtiroki; 7) ishning ochiq yoki yopiq sud majlisida koʻrilishi; 8) sud muhokamasining joyi va vaqti koʻrsatilishi lozim. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JPK)