# Jinoyat-protsessual kodeksi — 40-modda. Jamoat birlashmalari va jamoalarning jinoyat protsessida koʻrilishi lozim boʻlgan ariza va iltimoslari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JPK/40 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Jamoat birlashmalari va jamoalar, ularning rahbar organlari hamda vakillari sodir etilgan yoki tayyorlanayotgan jinoyat toʻgʻrisidagi xabar bilan surishtiruv organiga, tergovchiga, prokurorga yoki sudga murojaat etishlari mumkin. Ular: ayblanuvchiga yoki sudlanuvchiga nisbatan ehtiyot chorasi sifatida jamoat birlashmasi yoki jamoa kafilligiga berishni tanlash haqida; mahkumni muddatidan ilgari shartli ravishda jazodan ozod qilish yoki jazoni yengilrogʻi bilan almashtirish haqida; ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinganlarning jazoni oʻtash sharoitlarini oʻzgartirish haqida; sudlanganlikni olib tashlash haqida va boshqa masalalar boʻyicha ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda hamda tartibda iltimos qilishga haqlidirlar. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JPK)