# Jinoyat-protsessual kodeksi — 402-1-modda. Yopiq sud majlisi maʼlumotlarini oshkor qilmaslik majburiyati > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JPK/402-1 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Ishni yopiq sud majlisida koʻrish toʻgʻrisida ajrim chiqarilganda yopiq sud majlisida ishtirok etayotgan shaxslar sud muhokamasi maʼlumotlarini hamda tafsilotlarini sudning ruxsatisiz oshkor qilmaslik toʻgʻrisida ogohlantirilib, ulardan tilxat olinadi. Tilxatda mazkur majburiyatni buzganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 239-moddasiga muvofiq javobgarlik haqidagi ogohlantirish ham aks ettiriladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JPK)