# Jinoyat-protsessual kodeksi — 402-modda. Protsess ishtirokchilarini jinoyat ishi materiallari bilan tanishtirish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JPK/402 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Sudya jinoyat ishi sudda muhokama qilish uchun tayinlangandan soʻng prokuror, himoyachi, jamoat ayblovchisi, jamoat himoyachisi, shuningdek sudlanuvchi, jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillariga, basharti ular surishtiruv yoki dastlabki tergov davrida ish materiallari bilan tanishtirilmagan boʻlsalar, ishdagi barcha materiallar bilan tanishib chiqishlari va oʻzlari uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni koʻchirib olishlariga imkoniyat yaratishi shart. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JPK)