# Jinoyat-protsessual kodeksi — 405-4-modda. Jinoyat ishi boʻyicha dastlabki eshituv oʻtkazish toʻgʻrisidagi ajrim > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JPK/405-4 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Jinoyat ishi boʻyicha dastlabki eshituv oʻtkazish toʻgʻrisidagi ajrimda quyidagilar koʻrsatiladi: 1) sud ishining raqami, ajrim chiqarilgan vaqt va joy; 2) sudyaning lavozimi va familiyasi; 3) ayblanuvchining familiyasi, ismi, otasining ismi va Jinoyat kodeksining unga nisbatan ayblov qoʻyilayotgan moddasi; 4) iltimosnoma kiritgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi va protsessual maqomi; 5) dastlabki eshituvni oʻtkazish uchun asoslar; 6) dastlabki eshituv ishtirokchilari; 7) dastlabki eshituv oʻtkaziladigan joy va vaqt. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JPK)