JPK · 410-modda

410-modda. Sud muhokamasida sudlanuvchining ishtiroki

Birinchi instansiya sudining majlisida jinoyat ishi sudlanuvchining ishtirokida muhokama qilinadi, sudlanuvchining sudga kelishi shart.

Sudlanuvchi sud majlisiga kelmasa, ishni muhokama qilish keyinga qoldirilishi lozim, ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Sudga kelmagan sudlanuvchini sud majburiy keltirishga, shuningdek unga nisbatan ehtiyot chorasini qoʻllashga yoki ehtiyot chorasini oʻzgartirishga haqlidir.

Ishning sudlanuvchi ishtirokisiz muhokama qilinishiga sudlanuvchi Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida boʻlgan va sudga kelishdan boʻyin tovlagan, uning yoʻqligi ish boʻyicha haqiqatni aniqlashga monelik qilmagan taqdirdagina yoxud u ushbu Kodeks 272-moddasida nazarda tutilgan tartibda sud majlisi zalidan chiqarib yuborilgan boʻlsa, yoʻl qoʻyilishi mumkin.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.