# Jinoyat-protsessual kodeksi — 42-modda. Jamoat ayblovchilari va jamoat himoyachilari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JPK/42 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Jamoat birlashmalari va jamoalar sud muhokamasida jamoat ayblovchisi yoki jamoat himoyachisi tariqasida ishtirok etish uchun oʻz vakillarini yuborishlari mumkin. Jamoat ayblovchilari va jamoat himoyachilarini jamoat birlashmasining yoki korxona, muassasa, tashkilot jamoasining yigʻilishi koʻrsatadi. Yigʻilish qarori sudga taqdim etilishi lozim. Jamoat birlashmasi, jamoa oʻzi yoʻllagan jamoat ayblovchisi yoki jamoat himoyachisini xohlagan vaqtda chaqirib olishga yoki uni boshqa vakil bilan almashtirishga haqlidir. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JPK)