# Jinoyat-protsessual kodeksi — 421-modda. Sud majlisida jinoyat ishining tugatilishi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JPK/421 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Agar sud majlisida ushbu Kodeksning 83-moddasida va 84-moddasi birinchi qismining 1, 2, 3 va 8-bandlarida nazarda tutilgan asoslar aniqlansa, sud ishni koʻrishni davom ettiradi hamda 83-moddada nazarda tutilgan asoslar boʻyicha oqlov hukmi, 84-modda birinchi qismining 1, 2, 3 va 8-bandlarida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha esa aybdor shaxsga jazo tayinlamay, ayblov hukmi chiqaradi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JPK)