# Jinoyat-protsessual kodeksi — 429-modda. Protsess ishtirokchilarining sudga kelgan- kelmaganligini tekshirish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JPK/429 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Sud majlisining kotibi davlat ayblovchisi, jamoat ayblovchisi, sudlanuvchi, himoyachi, jamoat himoyachisi, shuningdek jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar yoki ularning vakillari sudga kelgan-kelmaganligi toʻgʻrisida axborot beradi. Shundan keyin sudga tarjimon, guvohlar, ekspertlar va mutaxassislar kelgan-kelmaganligi tekshiriladi. Kotib hozir boʻlmaganlarning nima sababdan kelmaganligini maʼlum qiladi. Ishda ishtirok etayotgan shaxslarning kimligi pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-karta yoxud ularning shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar boʻyicha aniqlanadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JPK)