JPK · 431-modda

431-modda. Sud tarkibini, taraflarni eʼlon qilish va rad qilish huquqini tushuntirish

Raislik qiluvchi sud tarkibini eʼlon qiladi, kimlar davlat ayblovchisi, jamoat ayblovchisi, himoyachi, jamoat himoyachisi ekanligini, kimlar jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar va kimlar ularning vakillari ekanligini, kimlar sud majlisining kotibi, ekspert, mutaxassis, tarjimon ekanligini maʼlum qiladi. Shundan keyin sudlanuvchiga va boshqa taraflarga ularning sudyani, sud tarkibini yoki sudyalardan birortasini, shuningdek taraflardan birortasini rad qilish huquqlarini tushuntiradi.

Sud majlisida zaxiradagi xalq maslahatchisi ishtirok etayotgan boʻlsa, raislik qiluvchi bu haqda eʼlon qiladi va uning familiyasini aytadi. Zaxiradagi xalq maslahatchisi ham rad qilinishi mumkin.

Rad qilishlar ushbu Kodeksning 80-moddasida belgilangan qoidalar asosida hal qilinadi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.