# Jinoyat-protsessual kodeksi — 432-modda. Guvohlarni sud majlisi zalidan chiqarib turish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JPK/432 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Raislik qiluvchi guvohlarning sud majlisi zalidan alohida xonaga chiqib turishlari toʻgʻrisida farmoyish beradi. Keyinchalik u soʻroq qilinmagan guvohlarning soʻroq qilingan guvohlar bilan, shuningdek sud majlisi zalidagi boshqa shaxslar bilan muloqotda boʻlmasligi choralarini koʻradi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JPK)