# Jinoyat-protsessual kodeksi — 435-modda. Sudlanuvchiga uning huquqlarini tushuntirish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JPK/435 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Raislik qiluvchi sudlanuvchining shaxsini aniqlaganidan keyin unga ushbu Kodeksning 46-moddasida nazarda tutilgan sud muhokamasidagi huquqlarini tushuntiradi. Soʻngra sudlanuvchidan ana shu huquqlarning har birini tushungan yoki tushunmaganligini soʻraydi. Basharti sudlanuvchi salbiy javob bersa, raislik qiluvchi uning yoshini, umumiy zakovat darajasini, ruhiy va jismoniy holatini eʼtiborga olib, unga huquqlarini qaytadan tushuntiradi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JPK)