JPK · 44-1-modda

44-1-modda. Tadbirkorlik subyektining jamoat himoyachisi sifatida ishtirok etadigan vakili

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil yoki Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan tayinlangan vakil tadbirkorlik subyektining faoliyati bilan bogʻliq jinoyat ishida surishtiruv, dastlabki tergov yoki sud jarayonida tadbirkorlik subyektining talabiga koʻra jamoat himoyachisi sifatida ishtirok etishi mumkin.

Jamoat himoyachisi sifatida ishtirok etadigan vakil ushbu Kodeksning 44-moddasida nazarda tutilgan jamoat himoyachisining huquqlari va majburiyatlariga ega boʻladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.