# Jinoyat-protsessual kodeksi — 44-modda. Jamoat himoyachisining huquq va majburiyatlari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JPK/44 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Sud muhokamasida ishtirok etayotgan jamoat himoyachisi: ish materiallari bilan tanishishga, dalillar taqdim etishga va ularni tekshirishda ishtirok etishga; iltimosnoma berishga; taraflarning muzokaralarida soʻzga chiqib, sudlanuvchini oqlaydigan yoki uning javobgarligini yengillashtiradigan holatlar xususida sudga fikr bildirishga haqlidir. Jamoat himoyachisi: sud muhokamasida ishtirok etishi; jamoat birlashmasi yoki jamoaning fikrini sudda bayon qilishi va ishning sudlanuvchining ahvolini yengillashtiruvchi holatlarini aniqlashga koʻmaklashishi shart. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JPK)