JPK · 443-modda

443-modda. Yozma dalillarni, ekspertlarning xulosalarini va tergov harakatlari bayonnomalarini tekshirish

Taraflarning iltimoslariga yoki sudning tashabbusiga koʻra raislik qiluvchi, xalq maslahatchilaridan biri yoki sud majlisining kotibi surishtiruvda va dastlabki tergovda ishga qoʻshib qoʻyilgan, ish uchun ahamiyatli boʻlishi ehtimol tutilgan yozma dalillarni, ekspertlarning xulosalarini va tergov harakatlari bayonnomalarini oʻqib eshittiradi.

Sudning talabiga koʻra yoki boshqa shaxslarning tashabbuslari bilan taqdim qilingan hujjatlarni sud oʻqib eshittiradi va taraflarga taqdim qiladi, ular esa shu hujjatlarning ishga ahamiyati bor-yoʻqligi toʻgʻrisida oʻz fikrlarini bayon qiladilar. Soʻngra sud hujjatlarni ishga qoʻshish yoki tegishliligiga qarab qaytarish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.