# Jinoyat-protsessual kodeksi — 448-modda. Sud tergovining tamomlanishi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JPK/448 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Barcha dalillar tekshirib chiqilganidan keyin raislik qiluvchi taraflardan ular sud tergovini toʻldirmoqchilarmi va toʻldirmoqchi boʻlsalar, nima bilan toʻldirmoqchi ekanliklarini soʻraydi. Basharti bu haqda iltimos qilinsa, sud uni muhokama qiladi va hal etadi. Iltimoslarni qanoatlantirish uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha harakatlar bajarilganidan soʻng raislik qiluvchi sud tergovini tamom boʻlgan deb eʼlon qiladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JPK)