# Jinoyat-protsessual kodeksi — 452-modda. Sud tergovini yangidan boshlash > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JPK/452 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Basharti taraflar muzokaradagi nutqlarida yoki sudlanuvchi oxirgi soʻzida ish uchun muhim ahamiyatga molik yangi holatlar toʻgʻrisida gapirsalar yoki muqaddam tekshirilmagan, lekin ishga aloqador dalillarni keltirsalar, sud taraflarning iltimoslariga koʻra yoki oʻz tashabbusi bilan sud tergovini yangidan boshlash toʻgʻrisida ajrim chiqaradi. Yangidan boshlangan sud tergovi tamom boʻlganidan keyin sud taraflarning muzokarasini yangitdan ochadi va sudlanuvchiga oxirgi soʻz beradi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JPK)