JPK · 455-modda

455-modda. Hukmning qonuniy, asosli va adolatli boʻlishi

Hukm qonuniy, asosli va adolatli boʻlishi shart.

Hukm qonunning barcha talablariga amal qilingan holda va qonun asosida chiqarilgan boʻlsa, qonuniy deb eʼtirof etiladi.

Hukm ishning haqiqiy holatlari unda kerakligicha toʻla va yuz berganiga haqiqatan monand tarzda aniqlangan boʻlsa, asosli deb eʼtirof etiladi.

Hukm aybdorga nisbatan jazo yoki boshqa taʼsir chorasi u sodir etgan jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasi va uning shaxsi eʼtiborga olinib tayinlangan boʻlsa, aybsiz shaxs esa oqlangan va reabilitatsiya etilgan boʻlsa, adolatli deb eʼtirof etiladi.

Sud hukmni faqat sud muhokamasida tekshirilgan dalillar bilan asoslaydi.

Sudning hukmda ifodalangan barcha xulosalari asoslantirilgan boʻlishi lozim.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.