# Jinoyat-protsessual kodeksi — 464-modda. Oqlov hukmini chiqarish asoslari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JPK/464 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Oqlov hukmi quyidagi hollarda chiqariladi, basharti: 1) jinoiy hodisa yuz bermagan boʻlsa; 2) sudlanuvchi sodir etgan qilmishda jinoyat tarkibi boʻlmasa; 3) jinoyat sodir etilishiga sudlanuvchi daxldor boʻlmasa. Jinoyat boshqa shaxs tomonidan sodir etilganligi aniqlansa, shuningdek sudlanuvchiga qoʻyilgan ayblov ish holatlari batafsil tekshirilgandan keyin ishonarli tarzda oʻz tasdigʻini topmasa, sud ushbu modda birinchi qismining 3-bandida nazarda tutilgan asosga koʻra sudlanuvchini oqlaydi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JPK)