# Jinoyat-protsessual kodeksi — 465-modda. Hukmni tuzish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JPK/465 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Ushbu Kodeksning 457 — 459-moddalarida nazarda tutilgan masalalar hal etilganidan soʻng sud hukmni tuzishga kirishadi. Sudda ish qaysi tilda koʻrilgan boʻlsa, hukm shu tilda, aniq va tushunarli iboralarda bayon qilinadi va kirish, tavsif hamda qaror qismlaridan iborat boʻladi. Hukm uni chiqarishda qatnashgan sudyalardan biri yoki hukmni yakka oʻzi chiqargan sudya tomonidan qoʻlda yoki texnik vositalardan foydalangan holda yozilishi lozim. Hukmga kiritilgan tuzatishlar hukm eʼlon qilinishidan oldin izohlanishi va sudyaning (sudyalarning) imzosi bilan tasdiqlanishi lozim. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JPK)