# Jinoyat-protsessual kodeksi — 466-modda. Hukmning kirish qismi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JPK/466 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Hukmning kirish qismida: 1) sud ishining raqami, hukm chiqarilgan vaqt va joy; 2) hukmni chiqargan sudning nomi, sudning tarkibi, sud majlisining kotibi, taraflar, tarjimon; 3) sudlanuvchining ismi, otasining ismi va familiyasi, tugʻilgan yili, oyi, kuni va joyi, yashash joyi, ishlash joyi, mashgʻuloti, maʼlumoti, oilaviy ahvoli va sudlanuvchi xususidagi ish uchun ahamiyatli boshqa maʼlumotlar; 4) sudlanuvchiga qoʻyilgan ayblov Jinoyat kodeksining qaysi moddasida nazarda tutilganligi koʻrsatiladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JPK)