JPK · 471-modda

471-modda. Hukmning qaror qismida hal qilinishi lozim boʻlgan boshqa masalalar

Ayblov hukmining ham, oqlov hukmining ham qaror qismi, ushbu Kodeksning 468 va 470-moddalarida koʻrsatilgan masalalardan tashqari, quyidagilarni oʻz ichiga olishi lozim:

1) sudlanuvchini lavozimidan chetlashtirish tarzidagi protsessual majburlov chorasini bekor qilish toʻgʻrisida ushbu Kodeksning 255 — 260-moddalariga muvofiq qabul qilingan qaror; sudlanuvchining Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash tarzidagi protsessual majburlov chorasini bekor qilish toʻgʻrisida ushbu Kodeksning 254-7 — 254-11-moddalariga muvofiq qabul qilingan qaror; qoʻzgʻatilgan fuqaroviy daʼvo yoki sudning tashabbusi bilan ziyonni qoplash toʻgʻrisida ushbu Kodeksning 283 — 289-moddalariga muvofiq qabul qilingan qaror;

2) ashyoviy dalillar hamda ishga ilova qilingan boshqa narsalar va hujjatlar toʻgʻrisida ushbu Kodeksning 289-moddasiga muvofiq qabul qilingan qaror;

3) protsessual chiqimlar toʻgʻrisida ushbu Kodeksning 320-moddasiga muvofiq qabul qilingan qaror;

4) hukm ustidan apellyatsiya, kassatsiya shikoyati berish, protest bildirishning ushbu Kodeksning tegishincha 497-3, 497-4, 500 va 501-moddalarida nazarda tutilgan tartibi, muddatlari.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.