# Jinoyat-protsessual kodeksi — 474-modda. Sudlanuvchini qamoqdan yoki uy qamogʻidan ozod qilish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JPK/474 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Sudlanuvchi oqlanganda, shuningdek jazo tayinlanmasdan yoki jazodan ozod qilib yoxud shartli ravishda ozodlikdan mahrum etib yoki ozodlikdan mahrum etish bilan bogʻliq boʻlmagan jazo tayinlab ayblov hukmi chiqarilganda, xuddi shuningdek sudlanuvchi dastlabki qamoqda yoxud uy qamogʻida boʻlgan vaqtdan ortiq boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish yoki ozodlikni cheklash jazosi tayinlanganda, qamoqda yoxud uy qamogʻida saqlanayotgan sudlanuvchi bevosita sud majlisi zalining oʻzida darhol ozod qilinishi lozim. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JPK)