# Jinoyat-protsessual kodeksi — 477-modda. Mahkum bilan uchrashishga ijozat berish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JPK/477 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Hukm eʼlon qilinganidan keyin raislik qiluvchi yoki sud raisi qamoqda saqlanayotgan mahkumning yaqin qarindoshlari yoki uning himoyachisi iltimosiga koʻra u bilan uchrashish imkoniyatini berishi shart. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JPK)