JPK · 481-modda

481-modda. Jinoyat ishini yuqori sud tomonidan koʻrishda prokurorning ishtirok etishi

Jinoyat ishini apellyatsiya, kassatsiya, taftish tartibida koʻrishda prokuror ishtirok etadi.

Jinoyat ishining koʻrilishida:

1) Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining hayʼatlarida — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahar prokurori, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurori va ularga tenglashtirilgan prokurorlar, ularning oʻrinbosarlari yoki ular tomonidan vakolat berilgan prokuror;

2) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatida — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, uning oʻrinbosarlari yoki ular tomonidan vakolat berilgan prokuror;

3) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatida — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning oʻrinbosarlari ishtirok etadi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.