# Jinoyat-protsessual kodeksi — 486-modda. Sud tergovining toʻliq emasligi va bir yoqlamaligi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JPK/486 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Sud tergovi quyidagi hollarda toʻliq emas va bir yoqlama deb eʼtirof etiladi, agar ish boʻyicha: 1) ushbu Kodeksning 82 — 84-moddalarida koʻrsatilgan holatlar yetarlicha toʻliq aniqlanmagan boʻlsa; 2) koʻrsatuvlari ishni hal qilish uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan shaxslar soʻroq qilinmagan boʻlsa; 3) oʻtkazilishi shart boʻlgan ekspertiza oʻtkazilmagan boʻlsa; 4) ish uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan hujjatlar, ashyoviy, yozma yoki raqamli dalillar talab qilib olinmagan boʻlsa; 5) natijalari ish uchun ahamiyatga ega boʻlishi mumkin boʻlgan boshqa tergov harakatlari oʻtkazilmagan boʻlsa. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JPK)