# Jinoyat-protsessual kodeksi — 489-modda. Jinoyat kodeksi normalarining notoʻgʻri qoʻllanilishi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JPK/489 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Quyidagilar Jinoyat kodeksi normalarining notoʻgʻri qoʻllanilishi deb eʼtirof etiladi: 1) Jinoyat kodeksi Umumiy qismi moddalarining talablari buzilganligi; 2) jinoyatning Jinoyat kodeksining qoʻllanilishi lozim boʻlgan moddasi (moddaning qismi, bandi) oʻrniga boshqa moddasi (moddaning qismi, bandi) bilan tavsiflanganligi; 3) mahkumga Jinoyat kodeksining mazkur moddasida nazarda tutilmagan jazo turi va meʼyori tayinlanganligi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JPK)