# Jinoyat-protsessual kodeksi — 491-modda. Moddiy zararning oʻrni qoplanganligi munosabati bilan hukmni oʻzgartirish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JPK/491 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Ishni apellyatsiya, kassatsiya, taftish tartibida koʻrib chiqayotgan sud yetkazilgan moddiy zararning oʻrni qoplangan taqdirda, Jinoyat kodeksi Maxsus qismining ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qoʻllanilmasligi toʻgʻrisidagi tegishli moddasi normasini qoʻllash uchun asoslar aniqlangan taqdirda hukmni oʻzgartiradi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JPK)