# Jinoyat-protsessual kodeksi — 492-modda. Qilmishning jinoiyligini bekor qiladigan, jazoni yengillashtiradigan yoki shaxsning ahvolini boshqacha tarzda yaxshilaydigan qonunning qonuniy kuchga kirganligi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JPK/492 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Agar ishni apellyatsiya, kassatsiya, taftish tartibida koʻrib chiqish davomida Jinoyat kodeksining 13-moddasiga muvofiq orqaga qaytish kuchiga ega boʻlgan, qilmishning jinoiyligini bekor qiladigan, jazoni yengillashtiradigan yoki shaxsning ahvolini boshqacha tarzda yaxshilaydigan qonun qonuniy kuchga kirsa, sud hukmga zarur oʻzgartirishlar kiritadi yoki hukmni bekor qilib, ish yuritishni tugatadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JPK)