# Jinoyat-protsessual kodeksi — 496-modda. Ayblov hukmini jinoyat ishini tugatgan holda bekor qilish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JPK/496 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudi jinoyat ishini koʻrib chiqib, quyidagi hollarda ayblov hukmini bekor qiladi va jinoyat ishini tugatadi, agar: 1) ish boʻyicha ushbu Kodeksning 83-moddasida hamda 84-moddasining birinchi va beshinchi qismlarida nazarda tutilgan asoslar aniqlangan boʻlsa; 2) ish boʻyicha toʻplangan dalillar mahkumni aybdor deb topish uchun yetarli boʻlmasa va qoʻshimcha dalillarni toʻplash imkoniyati qolmagan boʻlsa. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JPK)