# Jinoyat-protsessual kodeksi — 497-1-modda. Apellyatsiya tartibida shikoyat beriladigan va protest bildiriladigan qarorlar > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/JPK/497-1 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirmagan hukmlari ustidan apellyatsiya tartibida shikoyat berish yoki protest bildirish mumkin. Birinchi instansiya sudining sud muhokamasi vaqtida chiqarilgan ajrimi ustidan apellyatsiya tartibida shikoyat berish va protest bildirish hukm ustidan shunday harakatlarni sodir etish bilan bir paytning oʻzida amalga oshirilishi mumkin. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/JPK)